So'nggi yangiliklar

O‘RINDOShLIK BO‘YIChA IShGA KIRAYoTGANDA MEHNAT DAFTARChADAN NUSXA TALAB QILINIShI QONUNIYMI?

Mehnat kodeksining 434-moddasi 1-qismiga muvofiq boshqa ish beruvchiga orindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

-pasportni yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;

-asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnomani;

-bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani;

-diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki ta’lim to‘g‘risidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;

-mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chog‘ida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘g‘risidagi olingan ma’lumotnomani;

-jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, 3-qatorda mehnat daftarchadan ko‘chirma nusxa yoki elektron mehnat daftarchadan ko‘chirma taqdim etish masalasi ham bor. Biroq, bu talab qaysi vaziyatga tegishli? Bu o‘sha o‘rindoshlik ishi muayyan staj talab qilingan holatlarga tegishli va bunda nomzodning stajini tekshirish uchun ham bu hujjatlar zarur bo‘ladi.

Qolgan holatlarda esa, o‘rindoshlik bo‘yicha ishga kirishda mehnat daftarchasidan nusxa yoki elektron mehnat daftarchadan ko‘chirma talab qilish qonuniy bo‘lmaydi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Qo‘ziboev

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi