So'nggi yangiliklar

HOMILADOR AYOLLARGA VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISH BILAN MASHGʻUL SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARINI BERISH NAVBATINI BELGILASHDAGI IMTIYOZLAR!

Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta’tili, ularning xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.     Homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
     Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.
      Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida o‘z xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili:
     -birinchi ish yili uchun — ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar;
     -keyingi yillarda — ta’tillar berish jadvalidan qat’i nazar beriladi.
     O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 
Jumaboyev Jahongir O’rozboy o’g’li

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi