So'nggi yangiliklar

Ishdan bo‘shayotgan xodim 14 kun ichida o‘z arizasini bemalol qaytarib olishga haqli

 
Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga ko‘ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilgan bo‘lishidan qat’i nazar arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning o‘rniga boshqasini taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos bo‘lmaydi, chunki ish beruvchi faqat avvalgi xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilganidan keyingina, bu ish (lavozim)ga boshqa xodimni taklif qilishga ҳақли.
Oliy sud plenumidagi mazkur norma ishdan o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shatilgan xodimlarga juda qo‘l keladi va sudda xodimning "qo‘li" baland kelishini ta’minlaydi. Shunday holatlar bo‘ladiki, xodim o‘z arizasiga ko‘ra majburan ariza yozdiriladi va bu arizasini xarakatsiz qoldirish to‘g‘risidagi arizasiga qaramasdan ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
 
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Qo’ziboyev Muhiddin

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi