So'nggi yangiliklar
XUSUSIY SEKTORDA ISHLOVCHI AYOLLARNING DEKRET PULI OLISH TARTIBI!

Nafaqaga talabgor ayol kamida uzluksiz 6 oy davomida o‘sha korxonada ishlagan bo‘lishi kerak;
Yagona milliy mehnat tizimida rasman band bo‘lgani, korxona tomonidan mehnat daftarchasi ochilgani hamda uning buyruqlari korxona tomonidan kiritilgani hisobga olinadi;
Shuningdek, 6 oy davomida ayolning Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida daromadlari va soliq to‘lovlari aks ettirilgan bo‘lishi kerak;
Nafaqa faqatgina 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab “dekret”ga chiqqan ayollarga to‘lab beriladi.
Qayerga murojaat qilish kerak?
Hech qayerga murojaat qilish shart emas, jarayon pro-aktiv (elektron ko‘rsatiladigan xizmat) tarzda amalga oshiriladi. Ayollar “dekret”ga chiqishdan oldin xohlaydimi, yo‘qmi, tibbiyot muassasalariga murojaat qilib, “bolnichniy list” olishadi. Tibbiyot muassasalarida IT hamshiralar bor, ular byulleten berishdan oldin ayolni yagona ijtimoiy himoya reyestriga alohida ro‘yxatdan o‘tkazishadi.
“Dekret” puli ajratish jarayoni qanday kechadi?
Birinchi bosqich ro‘yxatga olishdan boshlanadi. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilsa, ular bazaga tushadi, keyingi bosqichda elektron tekshirish boshlanadi. Ya’ni ma’lumotlar bazaga kelib tushgach, UZASBO dasturi orqali ayol yuridik shaxsda yoki davlat tashkilotida ishlovchi ekani aniqlanadi.
Hozirgi kunda davlat muassasalarida ishlovchi ayollarning nafaqa puli davlat byudjetidan to‘lab beriladi, shuning uchun agar u ayol davlat tashkilotida ishlasa, unga “dekret” puli davlat tomonidan to‘lab berilishi kafolatlangan. Agar ayol ham davlat tashkiloti va ham xususiy sektorda ishlasa, bunda uning birinchi ish joyi inobatga olinadi.
Har ikkala tomondan dekret puli to‘lab berilmaydi. UZASBOdan tekshirib bo‘lgandan keyin ayolning ma’lumotlari keyingi bosqichga o‘tkaziladi. Bu bosqichda Davlat soliq qo‘mitasining bazasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlarining yagona milliy mehnat tizimi orqali elektron tekshiriladi.
Bu ikkalasida ham ayol mavjud bo‘lsa, uning bazaga kiritilgan (ayti hamshirasiga berilgan) raqamiga “sizga nafaqa tayinlandi, keyingi oyning 10-sanasigacha pul to‘lab beriladi”, degan sms boradi. Xuddi shu ma’lumot Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida ish beruvchining shaxsiy kabinetiga ham yuboriladi:
Ayol nafaqani olishi haqida bildi, endi tadbirkor umumiy to‘lab berilishi kerak bo‘lgan summadan 2 million so‘mini chegirib, qolganini to‘lab beradi.
Nafaqa qanday shaklda to‘lab beriladi?
Agar ayolda plastik kartochkasi bo‘lsa, oxirgi tranzaksiyasi 60 kundan oshmagan kartochkasiga pul tashlab beriladi. Agar unda kartasi bo‘lmasa yoki oxirgi tranzaksiya muddati 60 kundan oshib ketgan bo‘lsa, kartaga tashlab berilmaydi. Bunday hollarda, o‘ziga yaqin “Xalq banki”ga murojaat qilishi kerakligi haqida sms boradi. Bunda nafaqa naqd pulda to‘lab beriladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
« Июль 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | |
7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 |
21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 |
28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi
