So'nggi yangiliklar
Ayrim oʻqituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi!

? Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
?belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
? jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:
➖tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);
➖Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);
➖xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
? xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);
? oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.K.Raxmatillayev
Veb-saytimiz faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
« Июль 2025 » | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | |
7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 |
21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 |
28 | 29 | 30 | 31 |
Yil dasturi
