So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston va YeTTB hamkorligi bo‘yicha «yo‘l xaritasi» qabul qilinadi

16 noyabr kuni «Ko‘ksaroy» qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi birinchi yalpi majlisi hamda YeI va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Samarqand konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, YeTTB bilan hamkorlik joriy holati va uni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari oxirgi olti yilda O‘zbekistonning ushbu nufuzli moliyaviy instituti bilan aloqalari misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini qayd etdi. Bank ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda O‘zbekiston asosiy hamkorlaridan biri ekani aytildi.

Uchrashuvda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish, energetika, transport-logistika, sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy kommunal xo‘jalik sohalarida DXSh loyihalarini amalga oshirish, «yashil» taraqqiyot, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Odil Reno-Basso mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholadi hamda sermahsul sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Kelgusi yilda Samarqand shahrida bank boshqaruvchilari navbatdagi yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mamlakatning YeTTB bilan hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan aniq tadbirlardan iborat «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Veb-saytimiz faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi